ORGANIK GEOKIMYO

ORGANIK GEOKIMYO — Yerning turli geosferalaridagi organik moddalarni oʻrganuvchi geokimyo fanining boʻlimi. Organik geokimyo vazifasi organik birikmalarning yuzaga kelishi, shakli va kelgusida ular tarkibining oʻzgarishi va tarqalish qonuniyatlarini tadqiq etishdan iborat. Organik geokimyo, shuningdek, tirik organizmlarning kazilmalar shakliga (jumladan, mikroorganizmlar ishtirokida) oʻtishini, bu moddalar paydo boʻlish sharoitlari va omillarini hamda ularni issiklik, yuqori bosim va b. geologik omillar taʼsiri ostida yana oʻzgarib, togʻ jinslariga va yonuvchi foydali qazilmalarga aylani-shini ham oʻrganadi. Neft va kumir geokimyosi mustaqil ilmiy yoʻnalish sifatida shakllangan. Organik geokimyoning muhim boʻlimi rudali konlarni (uran, oltin, simob, mis, vanadiy, germaniy va b.) paydo boʻlishida va Yer poʻstidagi bir qancha kimyoviy elementlarning migratsiyasi va toʻplanishida organik moddalar ishtirokini oʻrganish ustida ish olib boradi. Organik geokimyo kosmik jismlarning organik moddalarini tadqiq qiluvchi organik kosmokimyo bilan uzviy bogʻliq.

Next Article

ORGANIK DUNYO