ORGANOTERAPIYA

ORGANOTERAPIYA (organ va terapiya) — bemorlarni hayvonlarning sekretsiya bezlaridan, shuningdek, boshka aʼzo va toʻqimalaridan tayyorlangan preparatlar bilan davolash. Ichki sekretsiya bezlaridan tayyorlangan organopreparatlar gʻoyat samarali, chunki ularda organizmning eng muhim funksiyalariga juda kuchli taʼsir etadigan gormonlar bor. Bunday organopreparatlarga gipofiz preparatlari (pituitrin, prolaktin, adrenokortikotrop gormon va b.), kalqonsimon bez preparati (tireoidin), qalqonsimon bez yonidagi bezchalar preparati (paratireoidin), meʼda osti bezi preparatlari (insulin, lipoka-in va b.), buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining gormonlari (kortizon va b.), ayol jinsiy gormonlari (follikulin, sinestrol va b.), erkak jinsiy gormonlari (metiltestoteron va b.) kiradi (q. Gormonam preparatlar). Orga-nopreparatlarning aksarisi xazm shi-ralari taʼsirida yemiriladi, shuning uchun ular organizmga parenteral yoʻl bilan (teri ostiga, muskul orasiga yoki venaga) yuboriladi. Organopreparatlarni vrach buyuradi.

Prev Article

ORGANOGENEZ

Next Article

ORDEN