ORIPOV

ORIPOV Dilshod (1977.20.7, Toshkent) — yunon-rum kurashi boʻyicha xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1997), «Oʻzbekiston iftixori» (2001). Toshkentdagi Respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtini tugatgan (1994). O. Oʻzbekiston (1995—2002), Osiyo (1997, Tehron) va jahon (2001, Patri) chempioni. Osiyo oʻyinlarida (2002, Pusan) kumush medalga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasida oʻqiydi (2003).

Prev Article

ORIONIDLAR

Next Article

ORIPOV