ORIPOV

ORIPOV Toʻychi (Mirhosil) (1928, ? Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1953). Qoʻqon teatrida (1953—58), Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida, (1987—94), Hamza teatrida (hoz. oʻzbek milliy akademik drama teatrida) (1951—53; 1958—87; 1994-y. dan) aktyor. O. dramatik, fojiaviy va komik rollar, ayniqsa, oʻtkir xarakterli, salbiy ob-razlar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari hayotiy, ifoda vositalari aniq va ishonarli boʻlib, qahramonlarining ichki dunyosi, maʼnaviy holati va xarakterini toʻliq ochishga intiladi. Teatrda Lembet (E. Toʻychi Oripov Ota rolida («Bir qadam yoʻl»). Rannet, «Oqpadar»), Yoʻlchi, Hakimboyvachcha (Oybek, «Qutlugʻ qon»), Sintaro (M. Kaoru, «Oʻgʻirlangan umr»), Gʻoyib (Uygʻun, «Qotil»), Salas Ina (E. Robles, «Monserra»), Solihboy (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Mahmud Gʻaznaviy (Uygʻun, «Abu Rayhon Beruniy»), Mahkam (S. Ahmad, «Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Bobobekov (Sh. Xolmirzayev, «Qora kamar»), Shayboniyxon (P. Qodirov, «Yulduzli tunlar»), ota (U. Azim, «Bir qadam yoʻl») kabi rollar bilan teatr sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Shuningdek, videofilmlar (Amir Jondor, «Ulugʻbek xazinasi»; Muhiddin Jabborovich, «Girdob»; Isʼhoq, «Gʻulgʻula»; Sanjarov, «Imon»; Majiddidin, «Navoiy»; Qudratxoʻja, «Diyonat» va b.), kinoda (Rais, «Abdullajon»; Mavlon, «Sayyod qoʻngʻirogʻi»; Gʻaniboyvachcha, «Amirning xufiyona sayohati»; Yoʻldoshev, «Ikkinchi aylana boʻylab»; Kuyov, «Qarib quyulmagan»; Bobo, «Osmondagi bolalar» va b.) ham suratga tushgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Prev Article

ORIPOV

Next Article

ORIPOV