ORIPOV

ORIPOV Ergash (1931.2.3, Toshkent viloyati — 1997.17.11, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), kimyo fanlari dri (1972), prof. (1974). Urta Osiyo un-tini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Kimyo intida direktor muo-vini (1976—82), lab. mudiri (1965—95). Oripovning ilmiy ishlari tabiiy mineral sorbentlar gʻovakligi va sirt kimyosini boshqarishning fizikkimyoviy asoslari hamda usullarini, sirt-faol moddalar va suvda eruvchan polimerlar (polielektrolitlar) eritmalarida tuzilmalar hosil boʻlishi va gidrofob bogʻlanishiga taʼsir koʻrsatishga oid. Tabiiy mineral xom ashyolar asosida samarali adsorbentlar, toʻldirgichlar olish, tuproq strukturasini yaxshilash va koʻchma qumlarni kimyoviy mustahkamlashning asoslarini ishlab chiqqan.

As: Prirodnыye mineralnыye sorbentы, ix aktivirovaniye i modifitsirovaniye, T., 1970; Aktivnыye sentrы prirodnыx mineralnыx dispersiy, T., 1993.

Prev Article

ORIPOV

Next Article

ORIPOV Uktam Oripovich