OROGEN

OROGEN (yun. oros — togʻ va… gen) — Yer poʻstining tektonik faol zonasi — geosinklinallar rivojlanishining 2-bosqichi. Bu bosqichda koʻtarilishlar boʻlib, togʻlar yuzaga kelgan. Orogen terminini fanga avstraliyalik geolog L. Kober (1921) kiritgan. Uning fikricha, Orogen, u kuzatgan Alp togʻlari singari simmetrik tuzilishga ega boʻlib, qattiq massalar orasida joylashgan boʻladi va ular tomonidan taʼsir qiluvchi bosim ostida yuzaga keladi. Kober Orogenni bir necha zonalar (markaziy, tutashgan va chekka)ga ajratishni taklif etib, ularni tavsiflab bergan. Burmali togʻlar, geosinklinal, geosinklinal sistemadan Orogen sinonimi sifatida foydalaniladi.

Prev Article

ORNITOZ

Next Article

OROGENEZ