OROGENEZ

OROGENEZ, orogenezis (yun. oros — togʻ va… genez) — geosinklinalsa siquvchi massalar taʼsirida sodir boʻladigan faol tektonik harakatlar nati-jasida yuqoriga koʻtarilish. Orogenez terminini fanga amerikalik geolog G. Jil-bert (1890) kiritgan. Ilgari Orogenezdan burmalar va togʻliklar paydo boʻladi degan fikr mavjud edi. Olimlar fikricha, Orogenez faqat togʻ paydo boʻlish hodisa-sini bildiradi, burmalar esa togʻ paydo boʻlishiga qadar boshqa harakatlar natijasida yuzaga keladi. O. Oʻrta Osiyoda neogen va antropogen davrlarida keng miqyosda sodir boʻlgan. Himolay, Tyanshan, Pomir va b. togʻlar O. natijasida paydo boʻlgan.

Prev Article

ORNITOXORIYA

Next Article

OROKLAR