OROMIY YOZUVI

OROMIY YOZUVI — gʻarbiy som yozuvlaridan biri; oromiylar mil. av. 1-ming yillikning boshlarida finikiy yozuvi asosida shakllantirgan kansonant yozuv. Oromiylar finikiy yozuvining alifbo tarkibini oʻzgartirmagan holda (oromiy alifbosi ham faqat undoshlarni ifodalovchi 22 harfdan iborat boʻlgan), unga ayrim uzgarishlar kiritganlar: harflarni tashkil etuvchi unsurlar sonini kamaytirish yoki un-surlar shaklini oʻzgartirish orqali juda koʻp harflarning shakllarini soddalashtirganlar va yozuvni tez yozishga moslashtirganlar. Oromiy yozuvida suzlar asosan ajratib yozilgan: dastlabki soʻzlarni ajratuvchi belgilar — bir vertikal chiziq yoki nuqta qoʻllangan, key-inchalik esa suzlar oʻrtasida boʻsh joy qoldirish bilan soʻzlar oʻzaro ajratilgan. Oromiy yozuvida harflar alohida-alohida, ligaturasiz (2 harfni bir harf shakliga keltirmasdan) yozilgan; oʻziga xos xususiyatlaridan biri d va g harflariningfarklanmasligidir. Oromiy yozuvi va oromiy tili mil. av. 6—4-a. larda yangi os-sur va qad. fors davrlarida butun Gʻarbiy Osiyoda, hatto Misr, Kichik Osiyo va Hindistonda devonxonalarning ras-miy yozuvi va tiliga — xalqaro aloqa vositasiga aylangan. Oromiy yozuvi nafaqat mo-numental toshbitiklarda, balki sopol buyumlarda (sopol parchalarida) va pa-piruslarda saqlanib qolgan. Bu yozuv gʻarbiy som yozuvlarining mil. av. 3—2a. lardagi koʻplab oromiy variantlarining, suryoniy, kvadrat shaklli yahudiy, arab, pahlaviy, sugʻd, uygʻur, moʻgʻul yozuvlarining kelib chiqishiga asos boʻlgan. Oromiy yozuvi dagi eng qad. yozma yod-gorliklar mil. av. 9—8-a. larga mansub.

Next Article

OROMO TILI