ORQA MIYA NERVLARI

ORQA MIYA NERVLARI — odamda orqa miyadan boshlanadigan nervlar. Orqa miya nervlari 31 juft: 8 juft boʻyin, 12 juft koʻkrak, 5 juft bel, 5 juft dumgʻaza va 1 juft dum nervi. Orqa miya nervlari gavda muskullariga, teriga tarqaladi. Orqa miya nervlari va ularda hosil boʻlgan boʻyin, yelka, bel, dumgʻaza va dum nerv tolalari, teri, ichki aʼzolar va butun gavda skelet muskullarini markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlaydi (innervatsiya). O. m. n. tarkibida sezuvchi va xarakatlantiruvchi tolalar boʻladi. Qoʻzgʻaluvchanlik aʼzolarda, muskullarda va terida joylashgan nerv oxirlari (retseptorlar) orqali sezgini qabul qilib markaziy nerv sistemasiga, u yerdan harakatlantiruvchi nervlar orqali ishchi aʼzolarga kerakli javob impulslarini yetkazadi. Taʼsirlarni oʻtkazish tezligi oʻrtacha 0,5 — 120 m. ga teng, yoʻgʻon diametrli nervlarda tezroq boʻladi.

Prev Article

ORQA MIYA

Next Article

ORQA MIYA SOʻXTASI