ORSHA — Belorussiyaning Vitebsk viloyatidagi shahar. Dnepr daryosi boʻyida. Yirik t. y. tuguni. Aholisi 125,7 ming kishi (1998). Zigʻir tola k-ti, stanoksozlik, asbobsozlik, «Legmash» va b. z-dlar; qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. O. dastlab (Rsha shaklida) 1067-y. da tilga olingan. 1359-y. dan Litva va Polsha tarkibida, 1772-y. dan Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan. Shaharda Bogoyavleniye monastiri (17-a. boshlari), barokko cherkovi bilan uniat monastiri (18 a.) saklanib qolgan.