ORYOL VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1937-y. 27 sent. da tashkil etilgan. Markaziy iqtisodiy rayonga kiradi. Mayd. 24,7 ming km2. Axrlisi 898,9 ming kishi (2000), asosan, ruslar (96,9%), shuningdek, ukrainlar (1,3%), va b. millat vakillari (1,8 %) ham yashaydi. Shahar aholisi 63,2%. Markazi — Oryol sh. Tarkibiga 24 maʼmuriy tuman, 7 shahar va 14 shaharcha kiradi. Boshqa yirik shaharlari — Livni, Msensk.
Oryol viloyati Oʻrta Rossiya qirlarida joylashgan. Dare vodiylari va jar koʻp. Foydali qazilmalari: ohaktosh, dolomit, boʻr, har xil gillar, qum, temir rudasi. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9°, iyulni-ki 18°. Yillik yogʻin 500 mm (eng koʻpi yezda yogʻadi). Vegetatsiya davri 190—200 kun. Asosiy daryosi — Oka va uning irmoklari. Sunʼiy hovuz koʻp. Tuprogʻi qoratuproq, toʻq kulrang oʻrmon, chimli podzol tuproklar. 10% hududi oʻrmon (dub, zarang). Boʻri, tulki, suv kalamushi, yumronqoziq va b. yashaydi. Viloyat hududida Oryol Polesyesi milliy bogʻi joylashgan.
Asosiy sanoat tarmoklari: mashina-sozlik va metallsozlik. Oryol viloyatida avto-greyderlar, yengil, oyna va oziq-ovqat sanoatlari uchun asbob-uskunalar, hisoblash texnikasi va avtomatlashtirish vositalari, priborlar, soatlar va b. ishlab chiqariladi. Metallsozlik (poʻlat prokati, sim, metall toʻri va b.), yengil (paypoq, poyabzal, kiyim), oziqovqat (sut, goʻsht, qand) sanoati korxonalari, Oryol GES bor. Eng yirik korxonalari: «Oryol» poʻlat-prokat z-di, «Orleks», «Yantar» soatsozlik korxonasi, boshqaruvchi hisoblash ma-shinalari z-di, «Dormashina», «Tek-mash» (Oryol sh.) z-dlari; gidravlik mashinalar z-di (Livni sh.), alyuminiy zdi.
Q. x. da texnika ekinlarini yetishtirish rivojlangan, don-chorvachilik yoʻnalishi ham asosiy oʻrin tutadi. Bugʻ-doy, suli, kartoshka, sabzavot-poliz, ozuqa ekinlari ekiladi, mevachilik rivojlangan. Sut-goʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, goʻsht-jun qoʻychiligi, parrandachilik taraqqiy etgan. Zotli yilqichilik mashhur. Oliy oʻquv yurti, kutubxonalar, muzey, teatr, bor. Viloyat hududida I. S. Turgenevnint SpasskoyeLutovinovo muzey usadbasi joylashgan.