ORYOL

ORYOL — RF Oryol viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Oka daryosining har ikkala sohilida. T. y. tuguni. Aholisi 346,8 ming kishi (1998). Mashinasozlikning yirik markazi — avtogreyder, avtoyuklagich, boshqaruvchi hisob mashinalari, «Yantar» soatlari ishlab chiqariladi, priborsozlik, toʻqimachilik mashinasozligi rivojlangan. Poʻlat quyish z-di bor. Yengil, oziq-ovqat va b. sanoat korxonalari mavjud. 5 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, I. S. Turgenev (Oryolda tugʻilgan), I. A. Bunin, N. S. Leskov, oryollik yozuvchilar, tarixchi T. N. Granovskiy, kompozitor V. S. Kalinnikov muzeylari, oʻlkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi, «Oryol hujumi operatsiyasi» muzey-dioramasi mavjud. Oryol 1566-y. da Rus davlati jan. chegarasini himoya qiluvchi qalʼa si-fatida qurilgan. 1778-y. dan Oryol gubernyasi markazi. 17 a. oʻrtalaridan galla savdosining muhim markazi. Oryolda 18—19-a. lar tarixiy-meʼmoriy yodgorliklaridan Nikolo-Peskov va Mixail Arxangel cherkovlari, «Dvoryanlar uyasi» (hoz. shahar madaniyat va istiro-hat bogʻi hududi) atrofidagi binolar saklangan.

Prev Article

ORENBURG ECHKI ZOTI

Next Article

ORYOL VILOYATI