OSHEYKO Anatoliy Kuzmich

OSHEYKO Anatoliy Kuzmich (1913.14.1, Uzoq Sharq oʻlkasidagi Lipovsi sh. —1987.2.11, Toshkent) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Vladivostok sh. dagi badiiy maktabda oʻqigan (1928—30). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—45). Turkiston harbiy okrugi siyosiy ishlar bosh boshqarmasida rassom (1946—49), «Oʻzbekiston xotin-kizlari» jur. da badiiy muharrir (1947 — 60), Oʻzbekiston davlat nashriyotida bosh rassom (1960—87). Osheyko ijodida kitob be-zagi va grafika yetakchi oʻrinni egallaydi. «Yosh Oʻzbekiston», «Oʻzbek xalq sheʼriyati», «Oltin qishloq» (M. Mirshakar), «Shuʼla» (M. Shayxzoda) va b. kito-blar bezagida oʻzbek xalq amaliy bezak sanʼati anʼanalaridan ijodiy foydalangan. Linogravyuralari («Quyosh boti-shi. Samarqand», «Qirov», «Qish. Anhor», «Katta energiya» va b.)da keskin ranglardan mohirona foydalanib, manzara, holatlar ifodaliligi va taʼsirchanligiga erishgan.

Next Article

OSHIQ GʻARIB