OSHHALOL

OSHHALOL, oshiqalol, oshalol — Oʻrta Osiyo xalklarida, jumladan, oʻzbeklarda podachilarga taom berish odati. Oʻtmishda qishloqlarda moli kam oilalar oʻz mollarini (koʻpincha qoramollarini) birlashtirib poda tashkil etganlar. Erta bahorda jamoa yigʻinida qishloq podasini boqish uchun kam-bagʻalroq va tajribali bir kishi podachi qilib tanlangan. Podachi oʻz mehnati evaziga (mol boshi va katta-kichikligiga qarab) har oyning oxirida kelishuvga koʻra, natura (don) yoki pul olishdan tashqari mol egalaridan har chorshanba kuni bitta non (mol soniga qarab), juma yoki yakshanbabozor oqshomi kunlarida esa pishirilgan taom olgan. Odatda kechqurun poda kayt-ganda podachining oʻgʻillari xonadonma xonadon yurib Oshhalol yiqqanlar. Mol egalari Oshhalol sifatida ularga goʻja, ayron yoki non berishgan. Podachi taomlarni oilasi bilan tanovul qilib ortganini esa yaylovga olib chiqqan. Shu boisdan ham podachiga beriladigan bu taom Oshhalol (yaʼni, podachining halol mehnati uchun berilgan osh, taom), deb atalgan.

Prev Article

OSHQOZON

Next Article

OYATULLOH