OSHIQ

OSHIQ, oshug — ozarbayjon, arman va b. xalklarda shoir, xonanda va bastakor. O. lar sanʼati qad. turkiy oʻzon va arman gusanlar anʼanalari negizida 16—17-a. larda rivoj topdi. Repertuaridan ishqiy, qahramonlik, nasihatomuz va b. qoʻshiklar, dostonlar («Kurugli», «Asli va Kerem», «Oshiq Gʻarib» va b.), O. larning ijodiy muso-baqalarida ijro etiladigan aytishuvlar oʻrin olgan. Musiqa uslubiga baland pardalarda kuylash, tor hajmdagi ohanglar, ritmik badihagoʻylik, band-naqarot shakllar xosdir. Oshiqlar musiqa ijrosida soz, tor, kemancha kabi mu-siqa cholgʻularidan foydalanadi. Tarixda Sayat-Nova, Jivani, Sheram, Miskin Burji, Qurboni, Dilgam, Alesker, 20-a. da A. Rzayev, M. Bayramov, Grigor, Ashot va b. O. lar tanilgan.

Next Article

OSHIQ GʻARIB