OSHLASH

OSHLASH, teri oshlash — maxsus moddalar, eritmalar (q. Oshlovchi moddalar) bilan teri va moʻynani ishlash, terining junini toʻkish (yalangʻochlash). Terini Oshlash bilan odamlar qadimdan shugʻullanishgan. Ibtidoiy odamlar kiyim oʻrnida hayvon terisini yopinib yurishgan. Ular asta-sekin teri Oshlashni, unga kimyoviy va mexanik ishlov berib, undan charm tayyorlashni, charmdan poyabzal va kiyim-bosh tikishni oʻrganib olishgan. Oʻrta Osiyo shahar va qishloqlarida xam teri Oshlash hunari mashhur boʻlgan, dastlabki teri Oshlash doʻkonlari 19-a. 2-yarmida paydo boʻlgan. 20-a. boshlarida artellar, z-dlar tashkil boʻla boshlagan. Pekin xususiy teri oshlovchilar ham saklanib qolgan (ular hozir ham mavjud). Oshlash z-dlarda chanlar, barkaslar, barabanlarda amalga oshiriladi. Oshlash jarayonida jun qirish mashinasi, silliklash mashinasi va b. mashina xamda apparatlardan foydalaniladi (yana q. Koʻnchilik, Koʻnpoyabzal sanoati).

Prev Article

OSHKOʻKLAR

Next Article

OSHLOVCHI MODDALAR