OSHOGBO

OSHOGBO — Nigeriyaning jan.garbiy qismidagi shahar, Oshun daryosi boʻyida. Aholisi 650 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Kakao, moyli palma mevasi, paxta, tamaki yetishtiriladigan q. x. rayonining yirik markazi. Tamaki va paxta tozalash korxonalari bor. Shaharga 17-a. da asos solingan.

Prev Article

OSHLASH

Next Article

OSHXONA