OSIY

OSIY (arab. — isyon qiluvchi, itoatsiz, gunohkor) — diniy aqidaga koʻra, Allohning buyruqlari, paygʻambarning sunnat va koʻrsatmalariga rioya qilmaydigan, buyurilgan vazifalarni bajarish oʻrniga ularni butunlay yoki qisman inkor etadigan, sharʼan taqiklangan ishlarni qiladigan shaxe. Osiy bandalarning taqsiri Allohga havola etiladi. Ahl as-sunna val-jamoa aqidasiga koʻra, Osiy banda agar kufr yoki shirkka ketmagan boʻlsa, har qancha kattakichik gunohlariga qaramay musulmonmoʻmin sanaladi, yaʼni kofir boʻlib qolmaydi, balki gunohkor hisoblanadi. Boshqa baʼzi diniy oqimlarga koʻra, Osiy banda kufrga mahkumdir. Osiyning qilgan baʼzi gunohlari uchun bu dunyoda sharʼiy jazo belgilangan. Misol uchun, islom mamlakatlarida, araq ichganga darra uriladi. Osiyning qilgan har bir gunohi uchun u dunyoda alohida jazolar belgilangan. Osiy oʻz gunoxlariga chin dildan tavba qilib, ularni qayta takrorlamasa, kechirilishi taʼkidlangan.

Next Article

OSLO