OSIYO CHIGIRTKASI

OSIYO CHIGIRTKASI (Locusta migratoria migratoria L.) — chigirtkalarning galalashib yashovchi kenja turi. Boʻyi 35—55 mm, kulrang, sargʻish-yashil yoki yashil; qanoti ustida qoʻngʻir xollari bor. Lichinkalari yolgʻiz yashaydigan davrida yashil, sariq, qora, galalashib yashaydigan davrida esa kora xolli och sariq. O. ch. Janubiy Yevropa, Krzogʻiston, Oʻrta Osiyo, Jan. Sibir, Mongoliya, Shim.-Gʻarbiy Xitoy, Hindiston, Eron, Afgʻoniston va Shim. Afrikada tarqalgan. Rossiyaning Yevropa qismi jan. dagi dare etaklari, shuningdek, Amudaryo, Sirdaryo deltalaridagi qamishzorlarda koʻp uchraydi. Osiyo chigirtkasi deyarli hamma ekinni, ayniqsa, gʻallani qattik. zararlaydi (yana q. Chigirtka).

Prev Article

OSIYO DEPRESSIYASI

Next Article

OSIYO OʻYINLARI