OSIYO-TINCH OKEAN IQTISODIY HAMKORLIGI

OSIYO-TINCH OKEAN IQTISODIY HAMKORLIGI — xalqaro iqtisodiy tashkilot. Osiyo-Tinch okeanning 12 davlati — Avstraliya, Bruney, Indoneziya, AQSH, Kanada, Malayziya, Tailand, Singapur, Filippin, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Yangi Zelandiya tashqi ishlar va savdo vazirlarining Kanberra sh. da (Avstraliya) boʻlib oʻtgan 1-konferensiyasida asos solingan (1989-y. noyab.). Tashkilotning aso-siy maqsadi Osiyo-Tinch okean mintaqasida ochiq va erkin savdo xamda investitsiyalar uchun sharoit yaratib berish, atrof muhitni muhofaza qilish yuzasidan kuchgʻayratlarni muvofiqlashtirish. Bunda umuman mintaqada, va, xususan, tashkilot doirasida integratsiya jarayonlariga muhim eʼtibor beriladi. O.-T. o. i. h. da integratsiya jarayonlari mintaqada sanoati rivojlangan davlatlar uchun 2010-y. gacha va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 2020-y. gacha ochiq va erkin savdoni taʼminlash va qoʻllab-quvvatlashni, O.T. o. i. h. tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning izchil surʼatda oʻsishi, bir tekis rivojlanishi va milliy barqarorligiga erishish uchun yaqin hamkorlik qilishni nazarda tutadi. Bu bayonot O.-T. o. i. h. davlat boshlikdarining 1994-y. gi Bogor deklaratsiyasi nomini olgan.

Hamkorlik tashkiloti oʻz faoliyatini, asosan, 2 sohada olib bormoqsa. Birinchidan, xalqaro savdoni erkinlashtirish va miqyosini kengaytirish maqsadida savdo sohasida hamkorlik qilish, ikkinchidan, Osiyo-Tinch okean mintaqasining texnologik rivojlanishi va yuksak taraqqiy etgan mintaqaviy infratuzilmani (bunda axbo-rot va aloqa industriyasi, transport, xodimlar tayyorlash va b. ham nazarda tutiladi) vujudga keltirishga harakat qilinmokda.

O.-T. o. i. h. mamlakatlari Oʻzbekiston bozorini birmuncha istiqbolli deb biladi, ayni chogʻda Oʻzbekiston OsiyoTinch okean mintaqasi mamlakatlari bilan siyosiy-iqtisodiy va ilmiy-madaniy hamkorlikni kuchaytirishga intiladi.

O.-T. o. i. h. tashkilotining doimiy ishchi organi — Kotibiyat. U 1993-y. tashkil qilingan. Qarorgohi Singapur sh. da.

Sayfiddin Joʻrayev.