OSMA KONSTRUKSIYALAR

OSMA KONSTRUKSIYALAR — asosiy yuk koʻtaruvchi qismlari qayishqoq materiallar (arqonlar, kabellar, troslar, zanjirlar, membrana va b.) dan iborat boʻlgan osma tizimlar. Asosiy turlari — osma koʻpriklar, bino va inshootlarning baʼzi katta qulochli yopmalari, kanat yoʻllar, osma quvurlar va b. Qurilish mexanikasida, koʻpriksozlikda, jarlar ustidan yoʻllar oʻtkazishda, togʻli joylarda keng qoʻllaniladi.

Prev Article

OSMA VODIY

Next Article

OSMA KOʻPRIK