OSMANLAR

OSMANLAR (Diptychus) — karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. 3 turi maʼlum. Oʻrta Osiyo togʻlaridagi suv havzalarida 2 turi (tangachali va tangachasiz Osmanlar) tarqalgan. Tangachali Osmanlar daryolarda yashaydi. Uz. 50 sm, vazni 1 kg gacha; bahor va yozda urchiydi. Tangachasiz Osmanlar daryo va koʻllarda yashaydi; ayniqsa, Issiqkoʻlda koʻp. Uz. 60 sm, vazni 3 kg gacha. Chirchiq daryosining yuqori qismi va irmoklarida tangachasiz Osmanlar uchraydi.