OSMATUZI

OSMATUZI, qanot osma — ziynat buyumi; Xorazm ayollarining boshga taqadigan taqinchogʻi. Tillaqoshdan Xorazm zargarligiga xos bezaklari — panjarali qanotlarining aylana naqshgullar bilan toʻldirib bezatilganligi, uzun shokilalarining koʻpligi, ayniqsa, qanotlar kelib tutashadigan markaziy shaklning oʻziga xosligi hamda ukpar, par oʻrnatiladigan naychasi borligi bilan farq qiladi. Osmatuzi chakka taqinchogʻi — yarimtirnoq bilan birga ansambl hosil qiladi.

Prev Article

OSMA KOʻPRIK

Next Article

OSMIY