OSMON

OSMON, osmon gumbazi — Yer ustida gumbaz shaklida koʻrinib tura-digan fazo (samo, falak, koʻk). Osmon bu-lutsiz kunlari kunduzi havo rang (quyosh nurlarining Yer atmosferasida sochilishi koʻproq qisqa toʻlqin uzunliklariga toʻgʻri kelgani uchun), kechalari qora boʻlib koʻrinadi. Kunduzi Osmonda Quyoshni, baʼzan Oyni va kamdan-kam hollarda baʼzi osmon jismlari (mas, Zuhra yulduzi, yaʼni Venera) ni, kechalari esa bir vaqtning oʻzida 3000 tacha yulduz, sayyoralar, Oy, tumanliklarni, baʼzan kometa, meteor va b. osmon jismlarini koʻrish mumkin.

Prev Article

OSMIY

Next Article

OSMON KOORDINATALARI