OSSURIYLAR, aysorlar (oʻzlarini aturai deb ataydilar) — Yaqin Sharq mamlakatlari, AQSH va b. mamlakatlarda yashaydigan xalq. Umumiy soni 350 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari), jumladan, Rossiya Federatsiyasi (10,6 ming kishi), Iroq (120 ming kishi), Eron (100 ming kishi), Turkiyada (70 ming kishi) va b. Ossuriy tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, nestorianlar.