OSTGOTLAR

OSTGOTLAR (Ostgothi), ostrogotlar (Ostrogothi) , greytunglar (Greutungi) — german kabilasi, gotlarnint sharqiy tarmogʻi. 3-a. da Qora dengiz boʻyidagi dashtlar. Dnepr bilan Don oraligʻi, qisman Qrimga kelib joylashganlar. 4-a. ning 2-yarmida Er-manarix boshchiligida qudratli qabila ittifoqi barpo etishgan, bu ittifoq Ostgotlardan tashqari, boshqa german, shuningdek, skif-sarmat va slavyan qabilalarini birlashtirgan. 375-y. bu ittifoq gunnlar tomonidan tor-mor keltirilgan. Ostgotlarning asosiy qismi gunnlar bilan birga gʻarbga yoʻl olib, Pannoniyaga joylashgan. 5-a. oʻrtasida Attila vafotidan soʻng, Ostgotlar gunnlarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib ularninghuk-mronligidan xalos boʻlganlar. 493-y. O. Teodorix boshchiligida Italiyaga yurish kilib Ravenna sh. ni egallaganlar va Ostgotlar kirolligini barpo etganlar. Qirollik tarkibiga Italiya, Sitsiliya, Alp oldi r-nlari, Dalmatsiya, 510-y. dan esa Provans kirgan. Ostgotlarning asosiy qismi Oʻrta va Shim. Italiyaga kelib joylashgan. O. Vizantiyaga qarshi urushda magʻlubiyatga uchrab (552-y.), 60y. boshiga kelib Ostgotlar qirolligi Vizantiya imperiyasiga tobe boʻlib, barham topgan.

Next Article

OSTEOLOGIYA