OSTVALD Vilgelm Fridrix

OSTVALD Vilgelm Fridrix (1853.2., Riga – 1932.4.4) – nemis fizik-kimyogari. Dernt un-tini tugatgan (1875). Riga politexnika bilim yurti (1881 — 87), Leypsig un-ti (1887—96) prof., un-t qoshidagi fi-zik-kimyointidri (1898—1905), 1906-y. da Leypsig yaqinidagi Grossbotenda «Energiya» lab. ni tashkil qilgan. Fizik-kimyo asoschilaridan biri. Elekt-rolitik dissotsiatsiya nazariyasi pay-do boʻlganidan soʻng kislota-asosli kataliz nazariyasini taklif qilgan (1886—87). Binar elektrolitlar suyul-tirilgan eritmalarining elektr oʻtkazuvchanligi va reaksiyaga kirishish qobiliyatining konsentratsiyaga bogʻlikligini ifodalovchi qonun (Ostvaldning suyultirish qonuni)ni ochgan (1888). Rangli indikatorlar nazariyasini olgʻa surgan (1891). Nobel mu-kofoti laureati (1909).

Prev Article

OSSURIYA

Next Article

OSTGOTLAR