OT KUCHI — tizimga kirmagan quvvat birligi; o. k. bilan belgilanadi. Oʻzbekiston va b. bir qancha mamlakatlarda 1 o. k. =735,499 Vt (AQSH va Buyuk Brita-niyada 1 o. k. = 745,7 Vt). Bu tushuncha fanga 18-a. da kiritilgan. Texnikaning bir qancha sohalarida (asosan, avtomobilsozlik va traktorsozlikda) qoʻllaniladi.