OT SPORTI

OT SPORTI — otda yurish musobaqasi. Asosiy turlari: ot yoʻrttirish; konkur-ippik (toʻsiqlardan sakrab oʻtishning yuksak turi); uch kurash (manejda yurish), dalada sinash (yoʻdda yurish, stipl-cheyz, kross) va toʻsiqlardan sakrash; poyga, otda ov qilish, ot ustida mashq qilish va b. Mil. av. 680-y. dan boshlab antik Olimpiada oʻyinlari dasturiga ot ara-valarda musobaqalar kiritilgan edi. Otda yurishning maxsus maktabi 16-a. boshida Italiya, Fransiya, Ispaniya, Avstriyada paydo boʻldi. Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Shim. Kavkaz, shuningdek, kazaklar yashaydigan joylar (Don, Kuban, Ural, Terek)da qad. zamonlardan milliy ot oʻyinlari rivojlangan. Oʻzbe-kiston hududida Ot sporti taxm. 3 ming yillik tarixga ega. Uloq (koʻpkari), olomon-poyga, «agʻdarish», «qiz quvdi» xalqning ommaviy milliy Ot sporti oʻyinlari hisoblanib kelgan.

Hoz. zamon O. s. 1900-y. dan Olimpiada oʻyinlaridan joy olgan. 1953-y. dan jahon va Yevropa chempionatlari oʻtkaziladi. Ot sporti Xalqaro federatsiyasi — FEI (1921-y. tuzilgan) 100 ga yaqin mamla-kat milliy federatsiyalarini birlash-tiradi. Oʻzbekiston O. s. federatsiyasi unga 1993-y. dan aʼzo.

20-a. ning 30-y. lari boshida Oʻzbekistonda DOSARM (Armiyaga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyat) tashkil qilingan edi. Unda armiyaning kavaleriya qismlari uchun otliqlar tayyorlanardi. 1953-y. DOSARM ot sporti klubi DOSAAF (Armiya, aviatsiya va flotga koʻmaklashuvchi koʻngilli jamiyat) ot sporti klubiga aylantirildi. Shu yildan oʻtkazila boshlagan butunittifoq mu-sobaqalarida oʻzbek sport ustalari mu-vaffaqiyatli qatnashgan. Aleksandr Kiselyov, Joʻra Alimov, Vladimir Arafyev, Roza Bagautdinovadan iborat jamoa aʼzolari DOSAAF mamlakat kubo-gini qoʻlga kiritdilar (1954). 1960-y. gacha Ot sporti faqat poytaxt Toshkentdagi yagona sport klubi bazasida rivojlangan boʻlsa, keyingi oʻn yil oraligʻida res-publikada bir qancha Ot sporti klublari va seksiyalari ochildi. Xalqaro toifadagi sport ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy M. Ismoilov, shuningdek, V. Dvoryaninov, A. Abduqodirov, Yu. Kovshov, Iskandar va Ibrohim Yoʻddoshev, V. Petrov, S. Lisitsin, A. Tankovlar olimpiada oʻyinlari, jahon va Yevropa chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. 1990-y. gacha Ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bu musobaqalarda 50 dan ortiq medalni qoʻlga kiritgan.

Oʻzbekistonda respublika O. s. oliy mahorati maktabi, 3 ta olimpiya zaxiralari maktabi va 5 ta bolalar hamda oʻsmirlar sport maktablari faoliyat koʻrsatadi (2003). Har yili Ot sporti boʻyicha respublika chempionati oʻtkaziladi. 1997-y. dan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mustaqil ravishda xalqaro musobaqalarda qatnashadi. Oʻzbekistonliklar jahon kubogi musobaqalarida toʻsiqlardan sakrash boʻyicha 1-oʻrinni egalladi (2003-y., Bishkek sh.), Gʻayrat Nazarov «Kovum» laqabli otida jahon kubogini qoʻlga kiritdi (1998, Olmaota), Sergey Shmelev, Iskandar Yoʻldoshev, Aleksandr Martinov, Anna Lisyak sovrinli oʻrinlarni egalladilar.

Prev Article

OT ZAVODI

Next Article

OT OʻYIN