OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISH

OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILISHoila huquqi sohasi. Oʻzbekiston Respublikasi OK ga koʻra, quyidagi hollarda ota-ona (yoki ulardan biri) ota-onalik huquqidan maxrum qilinishi mumkin: ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa; uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻruqxona yoki boshqa davolash mu-assasasidan, tarbiya, aholini ijtimo-iy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa; ota-onalik huquqini sui isteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼ-sir koʻrsatsa; muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa; oʻz bolalarining qayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat qilgan boʻlsa.

O.-o. h. m. q. ota (ona)ning yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning, prokurorning, vasiylik va homiylik orga-nining, voyaga yetmaganlar ishlari b-n shugʻullanuvchi komissiyalar hamda bosh-qa muassasalarning talabi bilan sud tar-tibida amalga oshiriladi. Bolani bo-shqa ota-onaga berishning imkoni boʻlmagan taqdirda, bola vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga olib boriladi. Ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa, shu bolaga nisbatan boʻlgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan, undan taʼminot olish, shuningdek, bolali fuqarolar uchun qonun xujjalarida belgilangan imtiyozlar va nafa-qalar olish huquqlaridan maxrum boʻladi. Otaonalik huquqidan mahrum qili-nish otaonani oʻz bolasiga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Shoira Yoʻldosheva.

Prev Article

OTANIYOZOV

Next Article

OTAR