OTAJONOV Rahim Karimovich

OTAJONOV Rahim Karimovich (1905.5.5, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi — 1996.17.9, Toshkent) — matematik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Fargʻona taʼlimtarbiya texnikumini tugatgan (1924), shu yerda oʻqituvchi (1924—30), Fargʻona pedagogika in-ti fiz. mat. f-ti kechki boʻlimini tugatgan (1933), shu in-tda oʻqituvchi, dekan va ilmiy boʻlim mudiri (1930—39), Toshkent pedagogika in-tida katta oʻqituvchi (1939-47), dekan (1941-45; 1959-61), prorektor (1945— 47), dotsent (1947 — 59), prof. (1971-y. dan). Ilmiy ishlari geometrik yasash usullariga, konstruktiv geometriya elementlariga, darslarda geometriya oʻqitish usullari va b. ga oid. Bir necha darslik va qoʻllanmalar muallifi.

As: Geometrik yasash metodlari, T., 1958; Fakultativ darslarda geometriya, T., 1973; Konstruktiv geometriya elementlari, T., 1974.

Prev Article

OTAJON HOSHIM

Next Article

OTAJONOV