OTAJONOV

OTAJONOV Sulton (1937.5.11, Xorazm viloyati Yangiariq tumani) — kulol, Oʻzbekiston xalq ustasi (1999). Tanikli sulolaviy kulollar avlodi davomchilaridan. Xorazm kulollik maktabining yirik namoyandalaridan. Kulollik kasbini otasi Otajon Matyoqubov va usta Rahimberdi Matchonovdan oʻrgangan. U sopoldan bodiya, kosa, lagan va b. koʻplab idishlarning noyob namunalarini yaratdi; ishlarida oq angobdan unumli foydalanadi. Binolarning devorlariga sopoldan namoyonlar ishlagan. Respublika va xorijdagi koʻplab hunarmandlik, xalq amaliy sanʼati koʻrgazma va yarmarkalarida ishtirok etib keladi. Asarlari Respublika hamda xorijiy muzey va kolleksiyalardan oʻrin olgan.

Prev Article

OTAJONBOY MADRASASI

Next Article

OTALIQ