OTBOSAR CHIGIRTKA

OTBOSAR CHIGIRTKA (Dociostaurus kraussi) — haqiqiy chigirtkalar oila-siga mansub yakka yashovchi hasharot. Ma-rokash chigirtkasita juda oʻxshash, ammo unga nisbatan kichikroq. Erkagi tanasining uz. 15—20 mm, urgʻochisiniki 20 — 30 mm. Kulrang dogʻlari bor. Urgochisining orqa boldirlari qizil, erkagi-niki sariq. Gʻoʻza, don ekinlari, boshokli oʻsimliklarga zarar keltiradi. Tuxum qoʻyish uchun tuprokdan yasagan koʻzachasining uz. 19—30 mm, kalinligi 5—6 mm. Oʻsimliklari siyrak joylarga yoki partov yerlarga mavsumda 2—5-marta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan lichinkalar, odatda, mart oyining oxiri — apr. ning boshlarida chiqadi. 20—25 kundan soʻng qanotlari rivojlana boshlaydi va 10 — 15 kunda shakllanib boʻladi.

Kurash choralari: partov va boʻz yerlarni oʻzlashtirish; insektitsidlar qoʻllash.

Prev Article

OTAQOʻZI MADRASASI

Next Article

OTBOSH TUMANLIGI