OTENIT, otunit (Fransiyadagi Otyon sh. nomidan) — uranli slyudalar guruxiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (CaUO2)2[POJ28H2O; tarkibida 62,7% UO36op. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Kristallari, odatda, yupqa kvadrat, tabletka shaklida, slyudasimon. Tangacha shaklli afegatlari ham uchraydi. Rangi sariq, baʼzan yashilroq sariq. Sadafsimon yaltiroq. Qattikligi 2—2,5. Zichligi 3,1—3,2 g/sm3. Kuchli radioaktiv. Otenit gidrotermal tomirlarda, pegmatitlarda uranning turli minerallari (ayniqsa, uranit)ning yuza qismida roʻy bergan oʻzgarishlar natijasida hosil boʻlgan. Otenit katta uyumlaridan uran rudasi sifatida foydalaniladi.