OTTAVA

OTTAVA — Kanadaning jan.sharqiy qismidagi daryo. Shim. Lavrentiy daryosining chap irmogʻi. Uz. 1120 km, havzasining mayd. 147 ming km2. Lavrentiy qirlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 2000 m3/sek. Dek. dan aprelgacha muzlaydi. Quyilish joyidan 400 km masofada kema qatnaydi. Rido kanali orqali Ontario koʻli bilan bogʻlangan. Yogʻoch oqiziladi. GES qurilgan. Ottava boʻyida Ottava sh. joylashgan.

Prev Article

OTSIZ

Next Article

OTGON I