OUKEN QONUNI

OUKEN QONUNI — qisqa mudsatli ishsizlik darajasining oʻsishi bilan i. ch. hajmidagi yoʻqotishlar oʻrtasidagi bogʻliqni ifodalaydigan qonun. Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken (1929 — 1979) aniklangan. Bu qonunga koʻra, yalpi milliy mahsulotning yillik oʻsishi 2,5%ni tashkil etganda ishsizlik darajasi amalda doimiy boʻlib qoladi. Ishsizlik darajasidagi oʻzgarishlarga qarab yalpi milliy mahsulot real hajmining potensial hajmiga nisbati oʻzgarishlari (elastikligi) doimiy va taxm. 3% ga teng. Mac., ishsizlikning 1% ga oʻsishi real i. ch. hajmida 3% ga teng qisqarishga olib keladi yoki aksincha.

Shu sababli mamlakatda ishsizlikni tabiiy darajasida saklash va tartibga solib turish muhim ahamiyatga ega. Muayyan milliy iqtisodiyot barcha ishlashni xohlovchilarga va mehnatga layo-qatli fuqarolarga yangi ish joylarini yaratib bera olmas ekan, bu iqtisodiyot tovar va xizmatlar i. ch. potensialini toʻliq ishga sola olmaydi. Ouken qonuni dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishsizlik muammolarini tartibga solishda katta ahamiyatga ega.

Muhammadjon Nigʻmatov.

Prev Article

OTQINDI TOGʻ JINSLARI

Next Article

OFARINKENT