OVOZLI KINO — tasvirni koʻrsatish bilan birga, kinolentaning ovoz yoʻliga yozib olingan nutq, musiqa, shovqin va b. tovushlar bilan hamohang olib borila-digan kinematografiya turi. Kinema-tografning dastlabki davridanoq tasvirni ovoz bilan koʻrsatishga intilishlar boʻlgan: musiqa joʻrligidan foydalanilgan (pianino, orkestr va b.), film ishtirokchilarining ovozi, qoʻshiqlari va sh. k. ni tasvirga binoan ijro etuvchi aktyorlar jalb etilgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida film ovoz bilan sinxron ravishda qayd etilishiga imkon beruvchi qurilma yaratishga xara-kat qilingan. Buning uchun T. Edison kinetofoni (AQSH, 1899), D. Gomon xronefoni (Fransiya, 1901), grammofon plastinkalaridan foydalanilgan.
Ammo sinxronlikka tasvir va fotografiyaga ovoz yozish uslubini kinolentada birga qoʻshib yozish va uni tako-millashtirish natijasidagina eri-shildi. Ovozli kino tizimi 20-a. ning 20-y. larida yuzaga keldi (AQSH, Rossiya, Germaniyada). Oʻzbekiston kinosida Ovozli kino davrini «Qasam» filmi (1937, rej. A. Usolsev) boshlab berdi.