OXARUN

OXARUN — ilk oʻrta asrlarda Chagʻoniyonning shim. da joylashgan viloyat (6—10-a. lar). Oxarun hokimi qoʻshni Shuman shohiga tobe boʻlgani tufayli tarixiy manbalarda bu viloyatlar qoʻshma holda uchraydi. Xitoy sayyohi Syuan Szanning xotiralarida Xo-ru-mo deb atalgan. Oxarun hokimi Xi-su urugʻiga mansub turk boʻlgan. 7-a. da bu yerda 2 budda ibodatxonasi va 100 ga yaqin rohib bor edi. Xitoy tarixiy yilnomasi «Tan shu» («Tan sulolasining tarixi»)da O. Xu-lu-yen shaklida qayd etilgan. Unga koʻra, Xitoy maʼmurlari tomonidan 658—659-y. larda Gʻarbiy Turk xokrnligi yerlarida oʻtkazilgan maʼmuriy is-lohotdan soʻng Xu-lu-yen mulki Shuman bilan birlashib yagona gubernatorlikni tashkil etgan. Tabariyga koʻra, 700-y. arab sarkardasi Muxallab ibn Abu Sufra Kesh qamalini boʻshatib shoshilinch ravishda qoʻshini b-n O. ga kelgan. 705-y. O. va Shuman shohi Gʻushtasbon kuchayib, Chagʻoniyon viloyatiga hujum qilgan, Chagʻoniyon shohi Tish arablar bilan ittifoq tuzgan. 722—723-y. larda Oxarun va Shuman shohi Gʻuram arablar tomonidan turib Devashti qoʻzgʻo-lonini bostirishda qatnashgan. Gʻuram 700-y. da arablar tomoniga oʻtgan «Oxarun hokimi» boʻlib, shu tufayli Shuman shohi Gʻushtasbon uni taʼqib etgan. Gʻushtasbon 709/710-y. da oʻldirilgan. Shundan sung Gʻuram Oxarun va Shuman shohi bulgan.

9-a. ning 1-yarmida O. Toxaristonning alohida okrugi bulgan. 826—827-y. larda undan 32 ming dirham miq-dorda xiroj olingan. Oxarun poytaxti Hamavaron sh. bulgan. 10-a. da somoniylar davrida Oxarun tanazzulga uchragan. 10 — 12-a. larda Oxarun nomi manbalarda uchramaydi.

Ad.: Kamal idd i nov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachalo XIII vv., T., 1996.

Sayfullo Tursunov.

Prev Article

OFFENBAX

Next Article

OXIRGI ZARURAT