OXIRAT

OXIRAT (arab. — oxirgi kun, dunyoning tugash kuni) — diniy tushuncha. O. haqidagi tasavvurlar barcha dinlarga xos. Islomdagi Oxirat haqidagi tasavvur va rivoyatlar yahudiylik, xristianlikdagi tasavvurlarga va baʼzi Sharq xalqlarining diniy rivoyatlariga kisman oʻxshab ketadi, Qurʼonda Oxirat kunida osmon yorilishi, dengizlar toshishi, insonlarning tirilib oʻrnidan turishi, soʻroq qilinishi, gunoh va savobning oʻlchanishi, marhumlarning jannat yo doʻzaxga joʻnatilishi tafsilotlari va sh. k. keng berilgan.

Prev Article

OFFENBAX

Next Article

OXIRGI ZARURAT