OXUN

OXUN, oxund (arab. — vaʼzxon, notiq, din targibotchisi) — 1) mulla, muallim, ustoz. Xiva xonligidagi katta madrasalarda Oxunlar soni koʻp boʻlgan, jumladan, Olloqulixon madrasasida 7 ta Oxun, 2 ta muazzin, 2 ta farrosh, 1 ta sartarosh va meshkobchi xizmat qilgan. Mudarris va Oxunlar oʻzlari taʼlim berayotgan Madrasa vaqfidan maosh olib turishgan, Madrasa ularga hujra ham ajratgan;

2) Xitoy musulmonlari orasida keng tarqalgan nom. Madrasalarda mudarrislik (oʻqituvchilik) va masjidlarda imomlik qilgan shaxslar hurmat yuzasidan umumlashtirilgan holda Oxun deb nomlangan. Qashqar aholisi orasida ham hurmat yuzasidan bir-birining ismiga Oxun soʻzini qoʻshib aytish odat boʻlgan. Shu bois qashqarliklarni Oxun deb atash oʻzbeklar orasida ham uchrab turadi.

Prev Article

OXIRGI ZARURAT

Next Article

OXUNBOBOYEV