OXUNBOBOYEV Yoʻldosh (1885, Margʻilon yaqinidagi Joʻybozor qishlogʻi — 1943.28.2, Toshkent) — davlat va jamoat arbobi. Margʻilondagi paxta tozalash z-dida ishchi (1901—04), Oʻzganda batraklik qilgan (1904—14). 1916-y. xalq qoʻzgʻoloni qatnashchisi. 1917-y. Oktyabr toʻntarishidan keyin Margʻilon atrofida tashkil qilingan dastlabki qishloq shoʻrosi, Margʻilon uyezdidagi «Qoʻshchi» ittifoqi raisi (1919—21). Oʻzbekiston SSR MIK raisi (1925 — 38), Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1938—43).
Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.