OXUNJONOV

OXUNJONOV Sobirjon (1919.10.10, Toshkent) — general-leytenant (1973). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (1989). 1938-y. dan armiya safida. Harbiy piyodalar bilim yurtini (1940), harbiy akademiyani (1955), Fargʻona pedagogika in-tini (1966) tugatgan. 2-jaxrn urushi davrida Stalingrad, Jan.-Gʻarbiy, 1-Ukraina frontlarida xizmat qilgan. 1946—64 y. larda Turkiston harbiy okrugida turli lavozimlarda ishlagan. Fargʻona viloyati harbiy komissari (1964—67), Oʻzbekiston harbiy komissarining oʻrinbosari (1967—71). Oʻzbekiston grajdan mudofaasi boshligʻi oʻrinbosari, shtab boshligʻi (1971—86). Toshkent sh. urush va mehnat faxriylari kengashi ra-isi (1987—91). Oʻzbekiston Respublikasi urush va mexnat faxriylari kengashi raisi oʻrinbosari (1991— 97).