OXUNOV Jaloliddin Sobitovich

OXUNOV Jaloliddin Sobitovich (1932.15.6 — Fargʻona — 1996.14.6) — aktyor, xonanda (dramatik bariton). Oʻzbekiston xalq artisti (1980). 1946 — 96 y. lar Fargʻona teatrida ishlagan. Tohir (S. Abdulla, «Tohir va Zuxra»), Ravshan, Haydar (K. Yashin, T. Jalilov, «Ravshan va Zulxumor», «Nurxon»), Norboyvachcha (Hamza, X. Toʻxtasinov, «Paranji sirlari»), Niyoz (I. Sulton, «Nomaʼlum kishi»), shaqar hokimi (N. Gogol, «Revizor»), Nuroxun (J. Mashrabiy, M. Murtazayev, «Qumrining murodi») va b. rollari bilan shuh-rat qozongan. Oxunov ijodiga jasur, matonatli kishilar obrazi yaqin boʻlib, qahramonlari xarakternыy, ularning ichki kechinmalarini kuchli ehtiros orqali toʻliq ochib berish xos. Xonanda sifatida «Baland togʻlar», «Ey goʻzal», «Raqqosaga», «Barnoga oʻxshatdim», «Vaʼda berding», «Sendan boʻlak» sin-gari qoʻshiqlari bilan ham tanilgan.

Prev Article

OXUNJON QIZIQ

Next Article

OXUNOVA