OYOQOGʻITMA KOʻLI

OYOQOGʻITMA KOʻLIBuxoro viloyati shim. dagi Oyoqogʻitma qishlogʻi yaqinidagi koʻl. Oyoq-ogʻitma botigʻida. Oyoqogʻitma koʻliga Buxoro va Navoiy viloyatlari ekin maydonlaridan chiqadigan sizot va oqova suvlardan hosil boʻlgan Shoʻrkoʻl kollektori quyiladi. Suv yuzasi maydoni yoz oylarida 60 km2 gacha ortadi, shu vaqtda chuq. 10 m dan ortadi, kuzda suv yuzasi maydoni kichrayadi. Suvi shoʻr. Baliqlarning sazan, doʻngpeshona, laqqa kabi turlari uchraydi. Oyoqogʻitma koʻli atrofi qamishzor, botqoqlik, qushlarga boy.

Prev Article

OYOQ