OZARBAYJON FANLAR AKADEMIYASI

OZARBAYJON FANLAR AKADEMIYASIOzarbayjon Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1945-y. SSSR FA Ozarbayjon filiali asosida tash-kil qilingan. Boku sh. da joylashgan. Akademiyaning 6 boʻlimida 29 ilmiy muassasa boʻlib, bular bir qancha i. t. instituti, astrofizika rasadxonasi, Botanika bogi, Respublika qoʻlyozma fondi, Ozarbayjon xalqi tarixi muzeyi, Ozarbayjon adabiyoti muzeyi, kutubxonasi (1,3 mln. dan ortiq asar) bor. Naxichevan va Ganja sh. larida ilmiy markazlari mavjud. Bir qancha ilmiy jur., in-tlarning asarlari va b. ilmiy adabiyotlar chiqaradi.

Next Article

OZIQLANISH