OZON TESHIGI, ozon tuynugi — Yer atmosferasining ozon katlamydagi uzilish; dastavval, 1985-y. da Antraktida ustida, keyinchalik Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992-y. da esa Arktika ustida kuzatilgan. Ozon teshigi taxminlarga koʻra, antropogen (insoniyat faoliyati) taʼsirlar, shu jumladan, ozon qatlamini yemiruvchi xlorli sovitkichlar (frenon) ni sanoat va turmushda koʻplab miqdorda ishlatish natijasida roʻyobga chiqqan. Quyoshning ultrabi-nafsha (200—300 nm) nurlanishi ozon katlamida yutilgani uchun tirik orga-nizmlarga xavfli boʻlgan nurlanish Yer sirtiga yetib kelmaydi. Ozon katlamini muhofaza qilish toʻgʻrisida 1985-y. da Vena konvensiyasi, 1987-y. da Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarda xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi qayd etilgan.