OZUQA BIRLIGI

OZUQA BIRLIGI — mollarga yediriladigan yem-xashak toʻyimliligini bel-gilovchi oʻlchov birligi. O. b. ning 1kg quruq suli toʻyimligiga teng qilib olingan. Boshqa yem-xashaklar toʻyimliligi shunga taqqoslab baqolanadi. Mac, 1 kg quruqbeda 0,5; arpa 1,15; 1 kg makkajoʻxori 1,4 O. b. ga teng. Krramollarda yogʻ toʻplanishiga qarab belgilanadigan bir Ozuqa birligi toʻyimliligi 150 g ichki yogʻ toʻplanishiga yoki 1414 kkal ga teng. Yemxashak toʻyimliligi baholanayotganda Ozuqa birligidan tashqari, uning tarkibidagi hazm boʻladigan protein, kalsiy, fosfor, karotin hamda vitaminlar xam nazorat qilinadi. Amalda yem-xashak toʻyimliligi koʻrsatilgan maxsus jadvallardan foydalaniladi. AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya va b. mamlakatlarda ozuqa tarkibidagi hazm boʻladigan oziq moddalarga karab baxrlanadi (yana q. Yemxashak toʻpimliligi).

Prev Article

OZON

Next Article

OZUQA NORMASI