OʻLAKSAXOʻR QOʻNGʻIZLAR

OʻLAKSAXOʻR QOʻNGʻIZLARqoʻngʻizlar oilasi. Uz. 6—40 mm. Moʻylovlari toʻgʻnogʻichsimon. Qurtlari yassi, harakatchan, zahkashlarga oʻxshash. 1500 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan; odatda, moʻtadil iqlimda yashaydi. Koʻpchiligi oʻlaksaxoʻr, baʼzan goʻng va zamburugʻlar bilan oziqlanadi, ayrim turlari oʻsimlikxoʻr yoki yirtqich. Organik qoldiqlarni oʻzlashtirishi orqali; ayrim turlari entomofag sifatida foyda keltiradi. Mas, 4 nuqtali Oʻlaksaxoʻr qoʻngʻizlar tengsiz ipak qurti, odimchilar qurtini qiradi. 5Prpa urugʻi turlari qand lavlagi va gʻalla ekinlariga ziyon keltiradi. Oʻzbekistonda bir necha turi, jumladan, goʻrkov qoʻngʻiz uchraydi.

Prev Article

OʻYMAKORLIK

Next Article

OʻLAN