OʻLIM

OʻLIMorganizm hayot faoliyatining butunlay toʻxtashi, ortga qaytmas jarayon. Eng sodda hayvonlarning tabiiy oʻlimi ularning boʻlinishidan iborat, bunda 1 individ oʻlsa, oʻrnida 2 ta yangi individ hosil boʻladi. Odam va issiq qonli hayvonlar oʻlimi dastavval nafas olish va qon aylanishiningtoʻxtashiga bogʻliq. Oʻlim organizmning qarishi natijasida tabiiy ravishda yoki kasallik tufayli toʻsatdan, barvaqt yuz beradi. Klinik va biologik Oʻlim farqlanadi. Klinik Oʻlimda organizm hayot faoliyatini baʼzi hollarda tiklash va uni jonlantirish mumkin; u oʻrtacha 2—6 min. davom etadi, shundan keyin biologik Oʻlim yuz beradi. Oʻlim sabablari va mexanizmini tanatologiya oʻrganadi.

Prev Article

OʻLIKXONA

Next Article

OʻLKA