OʻLMASOV

OʻLMASOV Ahmad (1932.10.10, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), iqtisod fanlari d-ri (1969), prof. (1971). Oʻrta Osiyo un-tining tarix f-tini tugatgan (1954). Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot in-tida ilmiy xodim (1958—61). Toshkent tibbiyot instituti (1961—76), Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (1976—91) siyosiy iqtisod kafedralari mudiri, Toshkent moliya in-tida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (199196). 19962004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bankmoliya akademiyasining iqtisodiyot, moliya va bank ishi nazariyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari iqtisodiyot nazariyasi, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, xalq xoʻjaligi tarixi muammolariga bagʻishlangan. Iqtisodiyot nazariyasi boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, lugʻat va maʼlumotnomalar yaratgan. Koʻp qismli «Hammabop iqtisodiyot» videofilmi muallifi.

As: Iqtisodiyot nazariyasi (hammualliflikda), T., 1995; Bozor iqtisodiyoti (hammualliflikda), T., 1991; Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Iqtisodiy bilim asoslari, T., 2002.

Next Article

OʻLCHAM